Yig'laydi sani so'rab,
Xo'rsinar asta yurak.
Og'riydi yolg'iz qo'msab,
Bechora xasta yurak. (x2)
Xo'rlangan, ba'gri qonsan,
Mehr ko'rmagan jonsan.
So'lgan gulsan, xazonsan,
Bechora xasta yurak.
Uyqu yo'q bedor,
Bemador bemor.
O'ksinma behol,
Xasta yurak. (x2)
Sevgi bir alanga, cho'g',
Ko'ngilda jarohat, o'q, (x2)
Dardingning davosi yo'q,
Bechora xasta yurak.
Ahad Qayum giryondir,
Butun umri armondir,
Yulduzi yo'q osmondir,
Bechora xasta yurak.
Uyqu yo'q bedor,
Bemador bemor.
O'ksinma behol,
Xasta yurak. (x2)