Qochmoq ixtiyor etding qonli yurtingdan,
Tinchlikni istading, jannat istading.
Yonimga chorladim tutib qo'lingdan,
Yaratgan yoniga ketmoq istading.
Qirg'oqqa arzingni yozib ket, bolam,
Osmonlar bag'riga suzib ket, bolam.
Agar kechira olsang, kechir bizlarni,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.
Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, begunoh bola.
Ummonlar to'lg'onar chuqur qayg'uda,
Cheksiz dengiz bag'riga sig'magan bolam.
Endi yotajaksan abad uyquda,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.
Dod solar to'lqinlar, yig'laydi daryo,
Sohillarning bag'ri kuymoqda go'yo.
Shirin kulgularing endi bir ro'yo,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.
Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, bechora bola.
Bo'lmasmidim bilsam, suzgich qanoting,
Otang yuragida qoldi-ku yoding.
Olamga dars bo'lsin notinch hayoting,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.
Seni cho'ktirganlar jazo olarlar,
Olovli daryoda suvsiz qolarlar.
Do'zaxda o'tindek qaqshab yonarlar,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.
Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, begunoh bola.
Kichkina vujuding ulkan kemadek,
G'arq bo'lib titratdi butun jahonni.
Mitti yurakkinang ursa qaniydi,
Eh, ko'rarding yurtimni, jannatmakonni.