Bugun to'y ko'chada o't olov yondi,
Ko'klarga bo'y cho'zib beayov yondi.
Bir kulga aylandi ahd-u paymona, {x2}
Bahorim, qandayin kechay man endi,
Sani zor sog'inib yashayman endi. (x2)
Soy bo'yida yolg'iz o'ltiribman lol,
Gunohkordek boshin egar majnuntol.
Uchrashgan kunlarga eltadi xayol, {x2}
Yuragimni kimga ochay man endi,
Seni zor sog'inib yashayman endi. (x2)
Bugun bir qo'shiqqa aylandi ohim,
Qo'limdagi torim bo'ldi hamrohim.
Kimga ko'ngil qo'ysin endi bu jonim? {x2}
Ortga qaytararmu pushaymon endi,
Sani zor sog'inib yashayman endi.
Baxtsizligim kimga baxt bo'ldi endi,
Sani zor sog'inib yashayman endi.