Osmon qadar mehrini ko'zga ilmading,
Sevgimni, qadrimni afsus bilmading.
Eh, sen qadri tuproq, peshonasi sho'r,
Bo'la olsang, endi baxtli bo'lib ko'r.
Sevgilim, suyganim-ey,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.
Ey, qorong'u o'tmishim mening,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.
Qara men ham kulyabman,
Kerak emas shafqating.
Endi mensiz, firoqda
Yig'lash sening navbating. (x2)
Sog'inmay ham qo'ydim, bevafoginam,
Nozli qaroshingni, qalam qoshingni.
Endi artib charchama ko'z yoshingni,
Yolg'onlaring oxir egdi boshingni.
Sevgilim, suyganim-ey,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.
Ey, qorong'u o'tmishim mening,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.
Qara men ham kulyabman,
Kerak emas shafqating.
Endi mensiz, firoqda
Yig'lash sening navbating. (x2)