Ey muhabbat, munchalar fusunkorsan,
Ey muhabbat, orombaxsh beg'uborsan.
Ey muhabbat, gohida dilozorsan,
Ey muhabbat, qalbimda mudom borsan.
Mushtoqdurman doimo mehringga man,
Har yurakka tushirgan muhringga man.
Lol qolganman ko'rsatgan sehringga man,
Ey muhabbat, yoki sen sehrgarsan.
O'ylamagan yurakni o'ylatasan,
O'ynamagan yurakni o'ynatasan, (x2)
Yig'lamagan dillarni yig'latasan,
Ey muhabbat, yoki sen hukmdorsan.
Yo'l qo'yasan ba’zida xatoga ham,
Barobarsan sen shohu gadoga ham. (x2)
Ne kulfatlar solmading Layloga ham,
Ey muhabbat, yoki sen jafokorsan.
Istardim men, dillarni kuydirmasang,
Hijronlarga aslo yo'l qo'ydirmasang, (x2)
Oshiqni ham jonidan to'ydirmasang,
Ey muhabbat, malhamu shifokorsan,
Ey muhabbat, Mo'minga madadkorsan.