Aytayin ishqimning dostonin, tinglang, do'stlar, {x2}
Bu ko'ngil asrorini ko'ngildan anglang, do'stlar. {x2}
Ishq to'ldirdi hayotim mazmunin yog'du bilan,
Ham umr gulzoriga baxsh etdi ishq rang, do'stlar. {x2}
Yorning mehrini siz oftob ila aylang qiyos,
Yashnagan qalbimni shu gulshanga tenglang, do'stlar,
Gulshanga tenglang, do'stlar.
Baxtu iqbolim sadoqat ham vafodan barq urar,
Shul sabab ko'ngilning ko'zgusida yo'q zang, do'stlar. {x2}
Sevgi insoniy saodat ham go'zallik olami,
Siz uni noxush sovuq yellardan asrang, do'stlar,
Oh, sevgini asrang, do'stlar.
Baxtlidir ishq imtihonidan yiqilmay o'tsa kim, {x2}
Bo'lmag'ay hamroh nadomat, oh-attang, do'stlar. {x2}