Ayo, ul qomati mavzui jahon aroni sog'indim, {x2}
Gulistonim, muhabbatim, ko'zi shahloni sog'indim,
Ko'zi shahloni-ey sog'indim. (x2)
Nigorim qoshi payvasta, ko'zi tushgan bo'lur banda,
Manam husnida devona, qoshi ul yoyni sog'indim,
Qoshi ul yoyni sog'indim.
Manam ishqida devona, qoshi ul yoyni sog'indim,
Qoshi ul yoyni sog'indim.
Dilim hajrida u bir yon, ko'zimning yoshidir bo'ron,
Bo'larmikan manga mehmon, mulki zeboni sog'indim,
Mulki zeboni-ey sog'indim.
Bo'larmikan manga mehmon, mulki zeboni sog'indim,
Mulki zeboni-ey sog'indim.
Nazokatda asil dilbar, la’li labi erur shakar,
Firoqida o'zim bir tan, o'zi yaktoni sog'indim,
O'zi yaktoni sog'indim
Sog'inch bag'rimni o'rtaydir, jahon jonimga begona,
Ilojim yo'q, borolmayman, malak siymoni sog'indim,
Malak siymoni-ey sog'indim.
Ilojim yo'q, borolmayman, malak siymoni sog'indim,
Malak siymoni-ey sog'indim.