Ko'rdum yuzungni – devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.
Ko'rdum yuzungni – devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.
Tortib jafoni o'lsam ko'yingda,
Topolmay hargiz mardona bo'ldum. (x2)
Ko'rdum yuzungni – devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum. (x2)
Bo'lib jahonda rasvoi olam,
Yaxshi-yamonga afsona bo'ldum.
Kavsar sharobi yodimg'a kelmas,
La'li labingdin mastona bo'ldum.
Mastona bo'ldum, mastona bo'ldum,
Mastona bo'ldum man, mastona bo'ldum.
Ko'rdum yuzungni – devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum. (x2)
Yumdum ko'zumni sendin bo'lakdin,
Kechdim baridin, rindona bo'ldum.
Ko'rdum tushumda sham'i jamoling,
Charx urub ondin parvona bo'ldum.
Ishqing mayini sundi bu jismim,
Ham soqi-yu ham paymona bo'ldum.
Bir qatra erdim, cho'mdum dengizga,
Kirdim sadafga – durdona bo'ldim.
Kuydirmasa o't, bo'lmas yag'och cho'g',
Ishq o'ti birlan hamxona bo'ldum.
Bo'ldum fano men tufrog' ichinda,
Bir dona erdim, ming dona bo'ldum.
Ul yuz o'tida bud bo'ldi nobud,
Jon jong'a kirdi, jonona bo'ldum.
Tegdi ko'zingdin har damda ming tiyr,
Avval edim dasht, gulxona bo'ldum.
Bir necha yildur yordin judoman,
Bilmay o'zumni hayrona bo'ldum.
Kuymas,dedilar, ma'murai ganj,
Obod edim man, vayrona bo'ldum.
Mashrabga may sun mayxona ichra,
Kechtim baridin – rindona bo'ldum.
Ko'rdum yuzungni – devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.