[Farrux Zokirov]
Chaqnar charos-charos ko'zlaringda cho'g',
Qushdan hurkak, kiyikdan, kiyikdan sho'x.
Qizlarga gap otishing ajab, yo ajab,
Mo'ylovi ham hali-yo chiqqani yo'q.
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla. (x2)
[Abdulla Qurbonov]
Bilmam baxtmi, bilmayman sinovmi sevgi,
Surishtirmas mo'ylovni, mo'ylovni sevgi.
Mo'ylovsiz ham uylansa, uylansa bo'lar,
Dang'illatib to'y qilgim, to'y qilgim kelar.
[Farrux Zokirov]
Ha, chiqay debdi yodimdan, meni xom kallam,
Senga o'sha parizod kelindan salom.
Xandalakni etmaydi, yetmaydi bo'ying,
Hali to'yga yo'l bo'lsin, yo'l bo'lsin, bola! {x2}
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla. (x2)
[Abdulla Qurbonov]
Kuyov bo'lsam arziydi, qarang ko'rkamman,
Yosh bo'lsam ham, og'ajon, ko'pni ko'rganman!
Og'ajonim, osilmang mening bo'yimga,
Bo'lmasa hech aytmayman, aytmayman to'yga!
[Farrux Zokirov]
Chindan ham gap bo'ydamas, bo'ydamas faqat,
Abdullaning o'zi-yo, o'zi azamat.
Xizmatda, biz xizmatda, izzatda sizlar,
Qani do'stlar, marhamat, to'yga marhamat. {x2}
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla.
Kuyovto'ra Abdulla, jon Abdulla,
To'ylar muborak bo'lsin, jon Abdulla.
[Yalla ansambli]
Kuyovto'ra Abdulla, jon Abdulla,
[Abdulla Qurbonov]
Ay, ay, ay Abdulla, man Abdulla!