Dengiz, mayin shamol
Yeladi izma-iz,
Bildim u sezganin,
Yo'qligin bu hayot menga sensiz.
Kunu tundek yonma-yonmiz birga,
Bir butun oy ham o'xshaydi bizga.
Otash, olov yo suv harorati –
Sevgimizning bor tarovati.
Men senga billur osmondan
Beray yulduzli tunni,
Ertalab uyg'onganingda
Qirmizi tongni.
Sen bilan dengiz bo'yida
Ming bir kecha kezaman,
Bu shirin damlar ko'yida
Seni sevaman.
Dardli nigohlaring
Yondirar yulduzlar,
Yurak hayratlaring
Sevgimizdan so'zlar.
Sohil bo'ylarin to'lqin erkalar,
Aytayotgandek sirli ertaklar.
Men xohlardimki sen-la bo'lishni,
Kemalarda dunyo kezishni.
Men senga billur osmondan
Beray yulduzli tunni,
Ertalab uyg'onganingda
Qirmizi tongni.
Sen bilan dengiz bo'yida
Ming bir kecha kezaman,
Bu shirin damlar ko'yida
Seni sevaman. (x1+x1)
Bu go'zal onlar ko'yida
Seni sevaman.