Bugun yurak og'ridi,
Bugun yomg'irlar yog'di,
Kecha ayrilganmiz biz,
Bugun yolg'iz qolganmiz.
Bugun unutasan mani,
Erta topasan o'zgani,
Bugun sog'inaman sani,
Erta unutaman baribir.
Boraver, ketgan yo'lingda davom etaver,
Boraver, holimni o'ylama.
Boraver, ketgan yo'lingda davom etaver,
Boraver, o'zga yorga yetaver.
Aytdim: qo'ygin ketma, deb,
Aytdim: ketsang, qaytma, deb.
Aytdim: axir qaytding ortingga,
Ketgan eding yonimda qolgin deganda.
Sevardimku go'zalim yurakdan,
Sevardimku qizg'onib o'zimdan,
Axir ketdingku o'zgani tanlab,
Nega qaytding endi hijronim bo'ylab?
Boraver, ketgan yo'lingda davom etaver,
Boraver, holimni o'ylama.
Boraver, ketgan yo'lingda davom etaver,
Boraver, o'zga yorga yetaver.