Nima qilish kerak-ey
Bu yorni, bu yorni?
Injiqliklari rosa
Og'ritvordi boshimni. (x2)
Erkalatvoribmanmi,
Boshimga ham chiqvolding,
U yoqmasa, bu yoqmasa,
Yuragimni ezvording. (x2)
Nima deyish kerak-ey
Shu yorga, shu yorga?
Dugonalaridan ham
Rashk qilsa? (x2)
Maning fe’lim boshqacha,
Odatlarim boshqacha,
Osmondagi to'lin oy,
O', erkatoy. (x2)
Voy, erkalatvoribman sani,
Sevmasam bo'lmasmidi?
Dugonang Gulini
Tanlasam bo'lmasmidi? (x2)
Yursa-da, kulsa-da
Aytganlarimni qilib,
Aslida shu yordan
Yaxshisi yo'q. (x2)
Maning fe’lim boshqacha,
Odatlarim boshqacha,
Osmondagi to'lin oy,
O', erkatoy. (x2)
Dardlarim, alamlarim
Yetib turibdi shundoq ham,
O', erkatoy. (x2)
Nima deyish kerak-ey
Shu yorga, shu yorga?
Dugonalaridan ham
Rashk qilsa? (x2)
Maning fe’lim boshqacha,
Odatlarim boshqacha,
Osmondagi to'lin oy,
O', erkatoy. (x2)