Tunim bedor, uxlasam ham namoyon tushda ham,
Yoddan ketmas qayg'uda yoki har kulishda ham,
Har bir ishda ham.
Dil so'zim bor, aytolmayman so'zlagim kelsa ham,
Men baxtliman bir bora nazar solib qo'ysa ham,
U soxta bo'lsa ham.
Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu yoki sezarmu,
Balki sezib turib, u ham jim yurarmu?
Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu, sezib turarmu,
Balki bilib qolib, ustimdan kularmu?
Kunim o'tar, aylanaverar har xil xayollar,
Aytay deyman, yo'l qo'ymaydi shubhayu gumonlar,
Yana savollar.
Bir bor ko'rsam, go'yo butun olam menga kular,
Vaqti kelar, bir kun albatta sevishim bilar
Va rozi bo'lar.
Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu yoki sezarmu,
Balki sezib turib, u ham jim yurarmu?
Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu, sezib turarmu,
Balki bilib qolib, ustimdan kularmu? (x1+x1)