Nurli manzillarga ko'zlarin tikib,
Ketib borar edi bir to'p oqqushlar.
Sadaf tizimiday mavoda uchib,
Ko'chib borar edi bir to'p oqqushlar.
Har biri ko'nglida yorug' orzular,
Yellar to'lqiniga urar to'shini.
Xayolda tiklanar munavvar kunlar,
Ko'zlarim kuzatar suygan qushini.
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim,
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim? (x2)
Bilmadim, xoribmi, yiqildi behush,
Tasbeh shodasidan uzildi nogoh.
Zaminga quladi oppoq qush behush,
Barchasi qayrilib, bo'ldilar ogoh.
Oqqushlar karvoni qaytmadi biroq,
Chalajon do'stini olib ketmadi.
Nahotki, dillari vafodan yiroq,
Hech bo'lmasa jufti qolib ketmadi.
Ey dunyo, hadikka to'ldi bu ko'ngil,
Bir do'stu mahramga dillar zor ekan.
O'ksiydi sadoqat nomli ma’yus gul,
Toki vafo qilmas do'stlar bor ekan.
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim,
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim? (x2)
Qulagan oqqushday pitirlar jonim,
Garchi eplay olgum kamu-ko'stlarim.
Yolg'izlik ezadi sizsiz har onim,
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim?
Yolg'izlik ezadi sizsiz har onim,
Qayerdasiz mening sodiq do'stlarim?