To'lib ketdi dilda
Senga aytar so'zlar,
Kuchim yetmas boshqa
Sevgim yashirishga.
Aytgin, nima qilay?
Kel, seni uchratay.
Nigohingga tushib,
Sen bilan so'zlashay.
Men bo'lay, men bo'lay,
Sevganing men bo'lay.
Sening yoningda
Doim men bo'lay.
Men bo'lay, men bo'lay,
Sevganing men bo'lay.
Sening yoningda
Doim o'zim bo'lay.
Bilsayding holimni,
Ko'rsayding qalbimni,
Faqat seni kutar
Mushtoq yuragimni.
Aytgin, nima qilay,
Qaysi yo'lga qaray?
Qiynalib ketdim men,
Seni hech topolmay.
Men bo'lay, men bo'lay,
Sevganing men bo'lay.
Sening yoningda
Doim men bo'lay.
Men bo'lay, men bo'lay,
Sevganing men bo'lay.
Sening yoningda
Doim o'zim bo'lay. (x2+x1)