Marjon ko'zlari ila o'tli nigoh qarashlari,
G'uncha lablari bilan shirin shakar kulishlari,
Nozik qomati ila qadam tashlab yurishlari,
O'zini oladi.
Labi-labi, lablari, qora sumbul sochlari,
Ko'zi-ko'zi, ko'zlari qordek oppoq yuzlari.
Nozi shirin sanam-sanam,
Qoshi-ko'zi qalam-qalam.
O'yna-o'yna go'zal, lablaring bolday bo'lsin,
O'yna-o'yna go'zal, ko'zlaring nurga to'lsin.
O'yna-o'yna go'zal, o'zgacha chiroy bo'lsin,
O'yna-o'yna, ko'rgan hasratdan yonsin. (x2)
Voy mani-mani shakarimning bo'ylaridan o'rgilay,
Mana bu jonim olgan ikki ko'zlaridan aylanay.
Nozi shirin sanam-sanam,
Qoshi-ko'zi qalam-qalam.
Dona-dona so'zlarida ma’no,
Qora-qora ko'zlarida shahlo.
Qaddi-qomatlari a’lo,
Bu qiz buncha bo'lmasa balo.
O'yna-o'yna go'zal, lablaring bolday bo'lsin,
O'yna-o'yna go'zal, ko'zlaring nurga to'lsin.
O'yna-o'yna go'zal, o'zgacha chiroy bo'lsin,
O'yna-o'yna, ko'rgan hasratdan yonsin. (x2+x2)
O'yna-o'yna go'zal… {x3}
O'yna-o'yna, ko'rgan hasratdan yonsin.