Gulim ketdi, gulim ketdi,
Qo'lim yetmas bo'lib yetdi. (x2)
O'n besh kunlik dunyoda
Kim murodga yetdi? (x2)
Qalamdek qoshligim deymu?
Sumbul sochligim deymu? {x2}
Voy, mani o'tga solib qo'yib,
Uning qiynashini deymu? (x2)
Solib ketding firoqlarga,
Bag'rim tilib qiynoqlarda. {x2}
Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas yiroqlarga.
Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas uzoqlarga.
Voy, yetib bo'lmas uzoqlarga…