Ko'zimni yo'lda qilib intizor kelmadingiz, {x2}
O'zimni ham tunu kun beqaror, kelmadingiz. {x2}
Nechuk bu tarki vafolik biza tavofin qilib, {x2}
Bo'lursiz o'rgilayin kimga yor, kelmadingiz. {x2}
Oyoqlarim bukilur titrashib qadam ba qadam,
Tanimda qolmadi, janon, mador, kelmadingiz.
Yurakda tashnaligim jon ravo qayirdi oxir,
Qilursiz o'ylamayin buncha zor, kelmadingiz. {x2}
Muhabbatimni pisand etmayin hijolat etib,
Ajabki va’daga yo'q e’tibor, kelmadingiz.
Buzildi vo ajabo dilrabolik oyini,
Bu olam endi Habibiyga tor, kelmadingiz. {x2}
Ko'zimni yo'lda qilib intizor kelmadingiz… {x2}
Boshimga yetsa muborak qadamlaringiz agar,
Vujudim g'am bo'ladur toru mor, kelmadingiz. {x2}