Beg'ubor sevgi-muhabbatim, nurga to'ldi yuraklar,
Ro'yobga chiqar albatta barcha ezgu-niyatlar.
Intilib ko'kda yulduzlarga, qalblarda olov yonar,
Yoshlikdan so'zlaydi bizlarga bu go'zal taronalar.
Mana bugun yurtimizda bayram, o'ynaymiz yayrab dildan,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko'ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram, ushaladi orzu-umidlar,

Bugun baxtu-shodlik do'stlar, davrani keng olinglar,
Yangrasin sho'x kuy-taronalar, birga o'ynab-kulinglar.
Quvonchga to'lib boshimizdan yog'dular sochar osmon,
Ushaladi orzu-umidlar, biznikidir bu zamon!
Mana bugun yurtimizda bayram, o'ynaymiz yayrab dildan,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko'ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram, ushaladi orzu-umidlar,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko'ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram…
Bizga havas qiladi butun olam…