Yana san ko'zlarim yumsam ham,
Yana san aybingni tan olmaysan.
Ko'zlarim xiyonatingni ko'rdi-ku,
Kechirib bo'lmas xatolarni ko'rdi-ku.
Bu shirin so'zlar, bu shahlo ko'zlar,
G'uncha lablar, mayin tabassumlar,
Endi alvido,
Og'ir bo'lsada, endi alvido! (x2)
Bilaman, xiyonating yashiryapsan,
Xuddi hech narsa bo'lmaganday,
Sog'indingmi, deya so'rayapsan.
Bo'g'zimga tiqildi alamlarim,
Ko'ksimni yorib, ko'rsataymi yuragim?
Agar ko'ra olganingda,
Qanday alamlar qoldi yuragimda.
Bu shirin so'zlar, bu shahlo ko'zlar,
G'uncha lablar, mayin tabassumlar,
Endi alvido,
Og'ir bo'lsada, endi alvido! (x4)