Ko'zlarim yo'lingda giryonadir, yor-yor,
Izlaring ko'chamga begonadir, yor-yor. (x2)
Tunu kunlar o'ylarman bedor bo'lib, yor-yor,
Butun jahon ahliga afsonaman, yor-yor. (x2)
Yor-yorey, yor-yorey, afsonaman, yor-yor,
Yor-yorey, yor-yorey, afsonaman, yor-yor.
Hijron azobu dardi bag'rim ezar, yor-yor,
Armonlar shamoli yurak ezar, yor-yor.
Ostonamga salom ila kelsang qani, yor-yor,
Yigit nomusi-ori yo'lim to'sar, yor-yor.
Yor-yorey, yor-yorey, yo'lim to'sar, yor-yor,
Yor-yorey, yor-yorey, yo'lim to'sar, yor-yor.
To'y oqshomi xonadonda aytiladi “Yor-yor”,
Shum yangalar olib ketib, to'y qiladi, yor-yor.
Bir bor kelib, holimni so'rsa edi, yor-yor,
Hatto bahorlar qishday seziladi, yor-yor.
Yor-yorey, yor-yorey, seziladi, yor-yor,
Yor-yorey, yor-yorey, seziladi, yor-yor.
Ko'zlarim yo'lingda parvonadir, yor-yor,
Izlaring ko'chamga begonadir, yor-yor.