Kokilimning atrini olib qochdi shabboda,
 Sizga eltaman dedi, bo'lma desam ovora. (x2)
 Rayhon yaprog'in yuvib ariqdan suv oqadi,
 Menga sizning jilmayib turishingiz yoqadi. {x2}
Durrachamni dol qo'yib, yanog'imga xol qo'yib,
 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?

 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x2}
Husnim yashnab ketdimi, gulda nozu menda noz,
 Ertalabdan erkalab, sevging qildirar pardoz. (x2)
 Rayhon yaprog'in yuvib ariqdan suv oqadi,
 Menga sizning jilmayib turishingiz yoqadi. {x2}
Durrachamni dol qo'yib, yanog'imga xol qo'yib,
 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?
 Durrachamni dol qo'yib, yanog'imga xol qo'yib,
 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x2}
Sevgi – bu bozordagi kishmishu novvot emas,
 Bu shirin dard taftidan hech yurak ozod emas.
 Mehri bor dillar go'zal, siz bergan gullar go'zal, {x2}
 Bir birimizga atab asragan so'zlar go'zal.
Durrachamni dol qo'yib, yanog'imga xol qo'yib,
 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?
 Durrachamni dol qo'yib, yanog'imga xol qo'yib,
 Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x3}