Bilsang agar, maning g'ururim
O'sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!
Seni ko'rdim ilk marotaba yomg'irda,
Sen beg'ubor eding, juda go'zal eding.
Sevib qoldim seni, jonim, men o'shanda,
Yomg'ir yog'ar edi, nenidir bilar edim.
Sevgi izhorim aytdim shunda men yuzingga,
Sen uyalar eding, sirli boqar eding.
G'am ko'rmagan yurakni ishondim senga,
Vaqtlar o'tib, sen ham aytding sevishingni menga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo'limda, sen ketding o'zgaga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo'limda, sen ketding o'zgaga.
O'sha kuni oramizda bo'lgan gap
Mani bu darajada almashib ketishingga arzimasdi!
Bilmadim-u nimaga bu ishni qilding, lekin
San uchun qurgan baxt qasrimni o'z qo'llaring bilan buzding.
Bilsang agar, maning g'ururim
O'sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!
Osmonimni qoplab birdan qora bulutlar,
Tomchilagan yomg'irda ko'rdim asl yuzingni.
Sen turarding o'zga bilan xuddi mendayin,
Uyalarding so'zlaridan burib yuzlaring.
Bo'lib o'tdi arzimagan so'zlar oramizda,
Bahona bo'ldimi shu meni alishishga?
Endi qanday unutay, jonim, men seni?
Atirgullar qolib ketdi qo'llarimda meni.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo'limda, sen ketding o'zgaga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo'limda, sen ketding o'zgaga. (x2)
San uchun qurgan baxt qasrimni o'z qo'llaring bilan buzding.
Bilsang agar, maning g'ururim
O'sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!