Xayr sevgim, baxtga yor bo'ling,
Yo'lingizga jonim to'shayman. (x2)
Sizdan kechdim, ko'rib kuymayin,
Ko'zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko'zlarimni yumib yashayman.
O'zga yorning sochini silab,
Sizni eslab, uni erkalab, {x2}
Yaratgandan toqatlar tilab, {x2}
Ko'zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko'zlarimni yumib yashayman.
Siz o'zgaga, men o'zgaga yor,
Kim kimgayu, kimlarga kim zor, {x2}
Tushlarimda kutib intizor, {x2}
Ko'zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko'zlarimni yumib yashayman.
Xayr sevgim, baxtga yor bo'ling,
Yo'lingizga jonim to'shayman.
Xayr sevgim, baxtga yor bo'ling,
Yo'lingizga jonim to'shayman.
Sizdan kechdim, ko'rib kuymayin…