(G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg'a tikondek oshyon bo'lmas emish.)
Odam borki, ona yurtsiz yasholmas,
Jonzot borki, jonga najot izlagay.
Qanotdan ayrilsa, qushlar ucholmas,
Chamandan ayrilsa, bulbul bo'zlagay. {x2}
Yor hijroni agar dilni tig'lasa,
Yurt firog'i jismu jonni tig'lagay.
Yoridan ayrilgan bir yil yig'lasa,
Yurtidan ayrilgan ming yil yig'lagay. (x2)
Ey odamzod, dunyo kezar bo'lsang ham,
Yurt sog'inchi bir kun diling dog'lagay.
Yurtdan kechma, jondan kechar bo'lsang ham,
Yurtidan ayrilgan ming yil yig'lagay,
Vatandan ayrilgan ming yil yig'lagay.
Yor hijroni agar dilni tig'lasa,
Yurt firog'i jismu jonni tig'lagay.
Yoridan ayrilgan bir yil yig'lasa,
Yurtidan ayrilgan ming yil yig'lagay.
O'z yurtidan judo vatangadolar
O'zga yurtning mozoriga sig'magay.
Asrlar qa’ridan kelgay sadolar:
Yurtidan ayrilgan ming yil yig'lagay,
Vatandan ayrilgan ming yil yig'lagay.
Yor hijroni agar dilni tig'lasa,
Yurt firog'i jismu jonni tig'lagay.
Yoridan ayrilgan bir yil yig'lasa,
Yurtidan ayrilgan ming yil yig'lagay. (x2)