Sabr bilan o'tdi yillar qator-qator,
Azoblarda kelib ketdi, qishu bahor.
O'zbegimning bekligini qaytib bergan
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Yurtim deya, elim deya, joni fido,
O'zbekiston ko'ksidagi bitta tumor,
Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Dunyolarga diyorimni tanitganim,
Har ko'ngilga bera olgan shon-iftixor,
Ey Xudoyim, quvonmasin aslo g'anim,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Yana qayda yashash mumkin emin-erkin?
Shu o'lkadek tinch mamlakat qaylarda bor?
Kerak bo'lsa, mening umrim qo'shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Kerak bo'lsa, mening umrim qo'shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Bilaman, bu yurtni suygaydir Olloh,
Bu Vatan, vatanlar ichra gul dargoh,
Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
Shoningiz kerakdir, O'zbekistonga!
Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
O'zingiz kerakdir, O'zbekistonga!
Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor! {x2}