[Bojalar guruhi]
Ey Doston-u, tomdan tushsang ham, tulpordan tushmagin.
Bu sanda odatiy hol, man tushunaman.
“Tangali bolalar”dan qolgan urf-odatdir, a?
Lekin anu Barno, Ra’no borku,
O'shalarning tulpori sanikidan tezroq yuguradi.
Lekin man yugurib yetvolaman ularga.
Qani san tulporingda yetib olginchi, bir ko'ray, a?
Tulpor, mana tulpor,
Tulpor, mana tulpor.
[Doston Ubaydullayev]
Tulpor, tulpor, tulpor, tulpor
Belida egar. (belida egardir)
Shamol, shamol, shamol, shamol
Novdani egar. (vole-vole, garde)
Yuragim, yuragim, yuragim, yuragim
Tulpor bo'lsa, (tulpor bo'lsa)
Bulut, bulut, bulut, bulut
Boshimga tegar. (ey boshimga tegardi)
Qirg'iy qanotin yozar,
Qirda aqlidan ozar.
Men qirlarda yugursam,
Olamni shamol bosar.
[Bojalar guruhi]
Hay, tulpor, tulpor, belida egar, o',
Belida egar, egarda chevar.
Chevarxonda gullar,
Ketidan Doston quvar.
[Doston Ubaydullayev]
Olamni shamol bosar.
[Bojalar guruhi]
Tanga, tanga qishlog'ida yana bitta tulpor,
Uni minadi Ra’no, qo'llarida ro'mol.
Ey Ra’no-Ra’no, senga Ra’no-Ra’no,
Dostonning tulpori yetolmaydi, bu yomon.
Tulpor bahona mana tanishadi Ra’no,
Tulpor bahona mana tanishadi Doston.
Tulpor bahona mana boshlanadi hayot,
Ey hayot-hayot, mana shirin hayot.
Tulpor, tulpor,
Ay tulpor-a, dirr, nay-nay.
[Doston Ubaydullayev]
Tulpor, tulpor, tulpor, tulpor
Belida egar. (belida egarmi?)
Shamol, shamol, shamol, shamol
Novdani egar. (vole-vole, garde)
Yuragim, yuragim, yuragim, yuragim
Tulpor bo'lsa, (tulpor bo'lsa)
Bulut, bulut, bulut, bulut
Boshimga tegar. (ey boshimga tegarmi?)
Soylardagi sakson tosh,
Sellarga berar bardosh.
Qo'llarimni bir cho'zsam,
Qo'limga qo'nar quyosh.
[Bojalar guruhi]
Tulpor, tulpor, belida egardir,
Belida egardir, jonida egar.
[Doston Ubaydullayev]
Qo'llarimni bir cho'zsam,
Qo'limga qo'nar quyosh.
[Bojalar guruhi]
Erkaklarga tulpor minish
Juda biram foydali,
Qazi-qarta yeyish ham-da
Undan hamda mazali.
Bor bo'lgin tulpor,
Jon bo'lgin tulpor,
Belida egardir, belida egardir.
Tulpor bahona mana tanishadi Ra’no,
Tulpor bahona mana tanishadi Doston.
Tulpor bahona mana boshlanadi hayot,
Ey hayot-hayot, mana shirin hayot.
Tulpor, tulpor, hay tulpor-a.
Chegarama, chegara,
Dilim mana, dilim-a.
[Doston Ubaydullayev]
Tulpor, tulpor, tulpor, tulpor
Belida egar. (belida egarmi?)
Shamol, shamol, shamol, shamol
Novdani egar. (vole-vole, garde)
Yuragim, yuragim, yuragim, yuragim
Tulpor bo'lsa, (tulpor bo'lsa)
Bulut, bulut, bulut, bulut
Boshimga tegar. (boshimga tegar gar)
Tulpor bahona mana tanishadi Ra’no,
Tulpor bahona mana tanishadi Doston.
Tulpor bahona mana boshlanadi hayot,
Ey hayot-hayot, mana shirin hayot.
Tulpor, tulpor, hay tulpor-a.
Mana oradan ko'p-ko'p yillar o'tdi.
Iye, tulpor qani? Voy qazi-qarta qivoribsilarku?!
Voy uvol…