Yashirasan nigohlaring,
 Go'zal ko'z-u qaroqlaring.
 Menga so'nggi so'z aytolmay,
 Qaltiraydi dudoqlaring.
Aytaqolgin, yashirma,
 Bo'ldi, darding oshirma.
 Saqlab faryodlaringni,
 Daryo qilib toshirma.
O'zi sezib turibman,
 Arang kulib turibman.
 Qo'lingdagi qog'ozni,
 Netay, ko'rib turibman.
Axir bu taklifnoma
 Baxtimdan qayirmoqda.
 Shu bir parchagina qog'oz
 Sevgimdan ayirmoqda.
Bor, bor, baxtingni top!
 Qaramagin ortingga.
 Bor, bor, bor, baxtingni top!
 Quloq solma qalbingga.
Vido oni kelmoqda,
 Judo oni kelmoqda.
 Taqdir mening ustimdan
 Balki atay kulmoqda.
Bo'ldi, ko'zing yoshlama,
 Yuragingni g'ashlama.
 Menga yozgan xatingni
 Yirtgin, aytma, boshlama.
O'zi sezib turibman,
 Arang kulib turibman.
 Qo'lingdagi qog'ozni,
 Netay, ko'rib turibman.
Axir bu taklifnoma
 Baxtimdan qayirmoqda.
 Shu bir parchagina qog'oz
 Sevgimdan ayirmoqda.
Bor, bor, baxtingni top!
 Qaramagin ortingga.
 Bor, bor, bor, baxtingni top!
 Quloq solma qalbingga. (x1+x1)