Dardlari ko'nglimga to'kilgan begim,
Mehri yuragimga egilgan begim. (x2)
Sog'inchi kuy bo'lib to'kilgan begim,
Azizim, jambilu rayhonimsan deng,
Azizim yuragi osmonimsan deng.
Dardlari ko'nglimga to'kilgan begim.
Yurakka g'urbatlar sanchilganida,
So'ngi yo'q tuxmatlar sanchilganida,
Ming oyoq g'iybatlar sanchilganida,
Azizim, o'ksinma, men borman deng,
Sen uchun har narsaga tayyorman deng.
Dardlari ko'nglimga to'kilgan begim.
Ushshoqqina gavdam egilib ketdi,
Boshimga osmonlar yiqilib ketdi, (x2)
Alamim bo'g'zimga tiqilib ketdi.
Azizim, borimsan, davlatimsan deng,
Azizim, ro'zg'orimga ziynatimsan deng.
Dardlari ko'nglimga to'kilgan begim.
Toki yostig'imga hijron qo'nmasdan,
Yorqin osmonimga tuman qo'nmasdan,
Yarimta ko'nglimga armon qo'nmasdan,
Azizim, bir jilmay, qurboningman deng,
Ham yaxshing, ham o'zim yomoningman deng.
Azizim, bir jilmay, qurboningman deng,
Ham yaxshing, ham o'zim yomoningman deng.
Qo'rqmay bosayotgan izlarim haqqi,
Hali aytilmagan so'zlarim haqqi,
Qo'sha qaldirg'ochdek qizlarim haqqi,
Azizim, sen mening toleimsan deng,
Yigit bo'lib topgan boyligimsan deng.
Dardlari ko'nglimga to'kilgan begim.