Umrimning yo'llarida sen tomon yetolsam,
Baxtimning qo'llaridan sen-la birga tutolsam,
O'tmasam hijroningdan, ketmasam xayolingdan,
Qaniydi, qaniydi, qaniydi.
Gah desang, qo'llaringga jonim bilan to'kilsam,
Baxt bo'lib yuragingga o'zim kirib ulgursam,
Man bo'lsam orzularing, quvonchu qayg'ularing,
Qaniydi, qaniydi, qaniydi.
Yoningda yori, juftu halolingga aylansam,
Hayotingda kunu tun xayolingga boylansam,
Termulsam ko'zlaringga, mast bo'lsam so'zlaringga,
Qaniydi, qaniydi, qaniydi.
Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
Meningdek sevolsang qaniydi.
Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
Sog'indim, kelolsang qaniydi.
Qalbimni tark etmas hech bahorimga aylansang,
Bog'imda qizil olma, anorimga aylansang,
Dardingga darmoning ham, bo'lsaydim bog'boning ham,
Qaniydi, qaniydi, qaniydi.
Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
Meningdek sevolsang qaniydi.
Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
Sog'indim, kelolsang qaniydi. (x1+x1)