Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday gadoga,
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo? (x2)
To'lin oyday to'ldingmi,
Oydek kelin bo'ldingmi?
Besh-to'rt so'mga sotilib,
Boyga kelin bo'ldingmi, Laylo?
Jigit bo'lmay o'layin,
To'ydan qoldim uyalib,
Endi o'ltiribmanda
Majnuntolga suyanib, Laylo.
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo.
Parvo ham qilmay manday gadoga,
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?
To'ying kuni, to'y kuni
To'yxonadan qaytdim men,
Mayxonadan qaytguncha
Shu termani aytdim men, Laylo.
Eh odamlar, odamlar,
Sizga qo'shiq kuyladim,
Baxshilar termasidan
Oz-oz qo'shib kuyladim, Laylo.
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo.
Parvo ham qilmay manday gadoga,
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?
Endi o'yga tolaman,
Men omadsiz bolaman,
Do'mbiramni quchoqlab,
Endi qayga boraman, Laylo?
Soy bo'yida o'ltirib,
Endi kuyib kuylayman,
Sevgingga ham o't tushsin,
Endi qaytib suymayman, Laylo!
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday gadoga,
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?
E, Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday bechoraga,
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?