Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'ynab-kuling do'stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.
Karnay-surnay sadolari bizga meros azaldan,
Bu chamanning bulbullari kuylar shomu-sahardan.
Donin yegan chumchuqlar ham kechmaydi bu chamandan,
Hur muqaddas zamin bormi bizning ona Vatandan? (x2)
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'ynab-kuling do'stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.
Shukronalar bo'lsin, elim osmoni tinch, yurting tinch,
Quchog'ingda o'ynab-kulgan bola bog'chang, uying tinch.
Qarang qanday zamon keldi, ko'z tegmasin bizga hech,
Bir tilagim bor dilimda – azim dunyo bo'lsin tinch. (x2)
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'ynab-kuling do'stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.
Qo'lni qo'lga beraylik, go'zal hayot quraylik,
Shunday baxtli zamonda davru-davron suraylik. (x2)
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'ynab-kuling do'stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O'zbek degan buyuk yurt karvoni keldi. (x2)