Siz tunlari bedor
O'ylaysiz visolim,
Man bir dili bemor,
Jonim, sizda xayolim.
Orzularimda bedor
Faqat sening visoling,
San kabi man bemor,
Ko'z o'ngimda jamoling.
Atrofimda parvona
Tili shakarim-bolim,
Yuragimda yagonam,
Qalbimdagi qirolim.
Atrofimda parvonam
Tili shakarim-bolim,
Yuragimda yagonam,
Qalbimdagi niholim.
Ko'zlarimga termulib,
So'raysiz mening holim.
Sog'inganimni bilib,
Qiynaysiz meni, zolim.
Seni ko'rmasam agar,
Yomon mening ahvolim.
Oromu tinchim tugar,
Jonim, senda xayolim.
Atrofimda parvona
Tili shakarim-bolim,
Yuragimda yagonam,
Qalbimdagi qirolim.
Atrofimda parvonam
Tili shakarim-bolim,
Yuragimda yagonam,
Qalbimdagi niholim. (x1+x1)