Bag'ringdan bir lahza ketsam yiroqqa,
Yurak to'lib ketar sog'inch-firoqqa. (x2)
Seni, seni yantoq o'sgan parcha yeringni
Zinhor alishmasman o'zga chorboqqa. (x2)
Sen mening vujudim, sen mening jonim,
Onamday mehribon O'zbekistonim. {x2}
Anhoringda suving asaldan totli,
Tomchisi dengizday ko'p barokotli.
Buxoriylar sabab, Kubrolar sabab
Hatto dehqoning ham xatli-savodli. (x2)
O'g'il-qizlaringda chehrang chiroyli,
Osmoning quyoshli, yulduzli, oyli.
Qodiriy istagan kunlarga yetdik,
Hali cho'poning ham bo'lar saroyli.
Qodiriy istagan kunlarga yetdik,
Hali cho'poning ham bo'lar saroyli.
Sen mening vujudim, sen mening jonim,
Onamday mehribon O'zbekistonim. {x2}
Qancha zahmatlardan joni omonim,
Onamday mehribon O'zbekistonim. {x2}
Ko'zlagan manzili qibla tomonim,
Onamday mehribon O'zbekistonim. {x2}