Onajonlar allasin tinch aytmoq uchun,
Bolajonlar shirin tushlar ko'rmoq uchun,
Haqqing bordir tog'day ko'ksing kermoq uchun,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o'g'lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg'ay qo'rg'onlaring.
Qushingning ham uyi bevaqt buzilmagay,
Yurtim deb mard taqqan kamar uzilmagay.
Yov otidan bir kaft tuproq ezilmagay,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o'g'lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg'ay qo'rg'onlaring.
Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo'l, O'zbekiston.
Bolam degan so'zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo'lolmagay, O'zbekiston,
Osmoning tinch bo'lsin O'zbekiston.
Temur bobom deganlar: Kuch – adolatda,
Samarqandu Buxorolar samovotda.
Yurtda tinchlik bo'lsa, el ham halovatda,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o'g'lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg'ay qo'rg'onlaring.
Ulug'beklar qo'ydi oyu ko'kka narvon,
Buyuk Ipak yo'llarida oltin karvon,
Karvon yo'li bexatardir, ulug' sarbon,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o'g'lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg'ay qo'rg'onlaring.
Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo'l, O'zbekiston.
Bolam degan so'zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo'lolmagay, O'zbekiston,
Osmoning tinch bo'lsin O'zbekiston. (x2)