Bitar bir kun boshlangan uylar,
O'tar o'g'il, qizlarga to'ylar, (x2)
Tugamasdan bu hayot kuylar,
O'zingizni ehtiyot qiling. (x2)
Araz qilsa, qaytar yoringiz,
To'kib-soling dilda boringiz, (x2)
Topilmaydi qayta oringiz,
O'zingizni ehtiyot qiling. (x2)
O'zingizni ehtiyot qiling.
Xabar oling aka-singildan,
Yomonlikni qo'ying ko'ngildan, (x2)
Ortga qaytmang yaxshilik yo'ldan,
O'zingizni ehtiyot qiling. (x2)
O'zingizni ehtiyot qiling.
Xavotirga qo'ymang onangiz,
Duosini oling otangiz, (x2)
Xizmat qilsin sizga bolangiz,
O'zingizni ehtiyot qiling. (x2)
Bitar bir kun boshlangan uylar,
O'tar o'g'il, qizlarga to'ylar, (x2)
Tugamasdan bu hayot kuylar,
O'zingizni ehtiyot qiling. (x2)
O'zingizni ehtiyot qiling,
Do'stim, o'zingizni ehtiyot qiling.