Bosib qadamlarin,
Ey, asta alamlarin
Sochib kelar jahl bilan,
Dema go'zal yorim.
Voy man nima qildim?
Salgina gina qildim.
Qancha qizlardan sani, voy,
Qizg'onib, pana qildim.
Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg'izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?
Kuydurgi jononingman,
Ey, arazi yomoningman,
Rashk dilimni tirnasa, voy,
O'shanda tamomingman.
Ey, ichgin deysan qasam,
Voy nega ichaman qasam?
O'zing xafa bo'lmasmiding
Man qaramay qo'ysam?
Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg'izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?
Hazil bo'ldimu, ko'ngling to'ldimu? {x2}
Taqdirku bu, yorim, man sani devdimu. {x2}
Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg'izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?