Ey do'stim, umr bir oqar daryo ekan…
Bir kun undoq, bir kun bundoq
O'taverar oyu kun,
O'n besh qora, o'n besh porloq
Botaverar oyu kun.
Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig'ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To'laverar qoshig'ing.
Hayot ajib, hayot qiziq,
Hayot o'zi alomat.
Eng muhimi inson bo'lib,
Yashab yurmoq salomat. (x2)
Bir kun undoq, bir kun bundoq
O'taverar oyu kun,
O'n besh qora, o'n besh porloq
Botaverar oyu kun.
Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig'ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To'laverar qoshig'ing.
Bu hayotda yaxshilik qil,
Yaxshilik qilgin faqat.
Yaxshilik qilgan insonning
Umri boqiydir abad. (x2)
Bir kun undoq, bir kun bundoq
O'taverar oyu kun,
O'n besh qora, o'n besh porloq
Botaverar oyu kun.
Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig'ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To'laverar qoshig'ing.
Bir kun undoq, bir kun bundoq
O'taverar oyu kun,
O'n besh qora, o'n besh porloq
Botaverar oyu kun.