Butun bu olamda
Oshiqlar davo izlar, bedordirlar.
Kaminaga tanish bu holatlar,
Yor ishqida yonishlar, Zuhro yoki Tohirlar.
Shirindan-shirin xayollarga mastdirlar,
Mastu alastman goh,
Gohida ohlar chekaman, yor, go'zallikdan.
Diydoriga yetmay intizordirlar,
Ohim yetmas, voh,
Gohida ohlar chekaman, yor, go'zallikdan.
Habibi, ayladi ozor,
Habibi, dilimda ohim bor.
Habibi, yoningdaman-o,
Kamina bu dardiga ayla vafo.
Habibi, ayladi ozor,
Habibi, dilimda kuyim bor.
Habibi, yoningdaman-o,
Kamina bu dardiga ayla vafo.
Yalli, yalli-yalli, yalola,
Yalli, yalli-yalli, yalola.
Bu sevgi dillarda,
Yuraklar navo aylar, bemordirlar.
Kaminaga tanish bu holatlar,
Yor ishqida yonishlar, Layli yoki Majnunlar.
Shirindan-shirin xayollarga mastdirlar,
Mastu alastman goh,
Gohida ohlar chekaman, yor, go'zallikdan.
Diydoriga yetmay intizordirlar,
Ohim yetmas, voh,
Gohida ohlar chekaman, yor, go'zallikdan.
Habibi, ayladi ozor,
Habibi, dilimda ohim bor.
Habibi, yoningdaman-o,
Kamina bu dardiga ayla vafo.
Habibi, ayladi ozor,
Habibi, dilimda kuyim bor.
Habibi, yoningdaman-o,
Kamina bu dardiga ayla vafo.
Yalli, yalli-yalli, yalola.
O, darddaman, ohim, nolalarim ila yolvoraman,
Jondan kechaman, vaslingsiz netaman, netaman?
O, darddaman, ohim, nolalarim ila yolvoraman,
Jondan kechaman, vaslingsiz netaman, netaman?
Habibi, ayladi ozor,
Habibi, dilimda kuyim bor.
Habibi, yoningdaman-o,
Kamina bu dardiga ayla vafo.