Kiprigi uzun, sochlari o'rim
Surxondaryo go'zali.
Erkalanar nozlar qilib,
Shirin-shakar so'zlari.
Surxonlik qiz go'zal oy,
Sen go'zalmi yoki oy?
Oy desam, oydanda oy,
Sevib qoldim Go'zaloy.
Aylonayin qora ko'zli
Surxondaryo go'zali.
Ko'rsam yurak erib ketar,
Go'zallarning go'zali.
O'rgilayin bo'ylaridan,
Ko'rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go'zali. (hay yor-a)
Go'zali… go'zali… {x2}
Italiyaning, Ispaniyaning
Qizlari senga yetmaydi.
Go'zal qizning nozlari, oh,
Ko'z oldimdan ketmaydi.
Surxonlik o'sha qizcha
Yuzlari shirmoy kulcha.
Mendan qochma, kel yaqin,
O'pib olay to'yguncha.
Aylonayin qora ko'zli
Surxondaryo go'zali.
Ko'rsam yurak erib ketar,
Go'zallarning go'zali.
O'rgilayin bo'ylaridan,
Ko'rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go'zali.
Go'zali… go'zali… {x2}
Aylonayin qora ko'zli
Surxondaryo go'zali.
Ko'rsam yurak erib ketar,
Go'zallarning go'zali.
O'rgilayin bo'ylaridan,
Ko'rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go'zali. (x2)
Go'zali… go'zali… {x2}