Bog'imning chekkasida rayhon,
Yorimning chakkasida rayhon. (x2)
Yoqimli bo'y taratib,
Hammani lol qaratib, (x2)
Mani baxtiyor etar,
Bag'rimda bog' yaratib. (x2)
Bog'imning chekkasida rayhon,
Yorimning chakkasida rayhon. (x2)
Ta’rifin aytsam agar,
Ketar so'zim qalashib. (x2)
Ko'rsam ko'zim quvonar,
Turadi xo'p yarashib. (x2)
Bog'imning chekkasida rayhon,
Yorimning chakkasida rayhon. (x2)
Mehr ila ekkandim
Bog'imning chekkasiga,
Muhabbat-la taqqandim
Yorimning chakksiga. (x2)
Rayhonning bo'yi shirin,
Yorginamning nozlari, (x2)
To'ldiribdi bir-birin,
Yarashib pardozlari. (x2)
Bog'imning chekkasida rayhon,
Yorimning chakkasida rayhon. (x2+x2)
Bog'imning husni ham rayhon,
Yorimning ismi ham Rayhon.