Erta tong uyg'onib, orzuga cho'lg'onib,
Kulgan ko'zlaring izlarman.
Sen tomonga boqib, men mehringda oqib,
Tushlarim senga so'zlarman.
Quyosh jilmayadi samoda,
Asta erkalaydi shabboda.
Bizniki bu kunlar, oydinli kechalar,
Sevgi torlarimiz baxtga sozlanar.
Yolg'izim meni, sevaman seni,
Nigohlaring bilan maftun etding meni.
Bu dunyo ichra go'yo
O'shal orzularimiz bugun ro'yob. (x2)
Esingdami bizlar, o'sha baxtli kezlar
Uchar edik qushlar misol.
Yonib turgan ko'zlar, ehtirosli ko'zlar,
Quchar edi bizni visol.
Hayot sinovlarga to'lsa ham,
Qancha kunlar o'tgan bo'lsa ham,
Ilk bora uchrashgan, nigohlar to'qnashgan,
Hayajonli onlar ketmas yodimdan.
Yolg'izim meni, sevaman seni,
Nigohlaring bilan maftun etding meni.
Bu dunyo ichra go'yo
O'shal orzularimiz bugun ro'yob. (x2+x2)
Yolg'izim meni…