Agarda sen qush bo'lsang, osmon bo'lardim,
Qo'l yetmas sohil bo'lsang, ummon bo'lardim.
Lekin sen dil ohlarim eshitmaysan,
Aytgan hamma so'zlarim yolg'on deysan.
Sevaman desam, sen ishonmaysan,
Ko'ngil dardimni hech eshitmaysan,
Balki bu dunyo ichra bir menga quloq solmaysan.
Qanotim bo'lsa, uchib ketardim,
Osmonga yetsam, osmondan so'rardim,
Bitta yo'l qolgan: skripka qo'limda, nolam chalaymu?
Agarda sen bahor bo'lsang, yomg'ir bo'lardim,
Kuzda xazonlar bilan to'kilardim.
Sensiz yashay olmasam, ayt, ne qilaman?
Bir navoga aylanib, yuragingda qolaman.
Sevaman desam, sen ishonmaysan,
Ko'ngil dardimni hech eshitmaysan,
Balki bu dunyo ichra bir menga quloq solmaysan.
Qanotim bo'lsa, uchib ketardim,
Osmonga yetsam, osmondan so'rardim,
Bitta yo'l qolgan: skripka qo'limda, nolam chalaymu? (x1+x1)