Qo'shni qizning kipriklari nam,
To'yxonada yoshlar kulgusi. (x2)
Bor edi-ku qo'shni qizning ham
Shu hovliga kelin bo'lgisi. (x2)
Boqma dedi o'zi ko'ziga,
Ko'zi kirmas aslo so'ziga, (x2)
Ojizdir qiz – yonida kelin
Qarab turar yorin yuziga. (x2)
Kechikding sen, go'zal qiz, dildor,
O'z baxtingga o'zing aybdor. (x2)
Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol. (x2)
Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol.
Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol.