Ma’yus-mahzun qolsam, qaddim egilib,
To'kis baxtimdan bir parchasi sinib,
Dadam bilsang, mehring ayamdek aziz,
Ayam bilsang, mehring dadamdek aziz.
Dada bilsang, mehring ayamdek aziz,
Aya bilsang, mehring dadamdek aziz.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko'rsam sizni – shu mening baxtim.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko'rar bo'lsam – shu aziz baxtim.
Farzand ma’yus qolsa, qaddini egib,
Taqdir oldida u kuchsizdek bo'lib.
Bir qanoti bir yon uchaman deydi,
Boshqa qanot esa o'zga yerlarga.
Bir qanoti bir yon uchaman deydi,
Boshqa qanot esa o'zga yerlarga.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko'rsam sizni – shu mening baxtim.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko'rar bo'lsam – shu aziz baxtim.