Ko'p ekan hazilingiz,
Xo'b ekan hazilingiz, (x2)
Ketsangiz bo'lmaydimi,
Bormi bir manzilingiz?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo'lmang-ey.
Kecha-kunduz aylanib,
Keng ko'chamga bo'ylanib, (x2)
Aylanib, o'rgilasiz,
Voy-dod, ado qilaman deb-o,
Ado bo'lmang-ey.
Tol tagiga kelvolib,
Soyada o'ltirvolib, (x2)
Nimalarni o'ylaysiz-ey
Chordanani qurvolib?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo'lmang-ey.
Gul ko'tarib kelasiz,
Olmasligim bilasiz, (x2)
Ko'chaga chiqsam, nega
Man tomon shoshilasiz?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo'lmang-ey.
Gul berishdan foyda yo'q,
Mandagi gul boyda yo'q.
Hali ko'p qiynalasiz,
Mandakasi oyda yo'q.
Voy-voy, yor-ey, ado qilaman deb,
Ado bo'lmang-ey, dod-ey.