Yo'llarimga ko'zlar tutgan qiz,
Qo'llaringni tutgali keldim.
Bu yerlardan juda ham olis,
Seni olib ketgali keldim. (x2)
Necha yillar ishq zahrin yutib,
Necha sahro, tog'lardan o'tib,
Ko'zlarimning ustida tutib,
Seni olib ketgali keldim. {x2}
Yomonlardan, balodan saqlab,
Kokilingni bo'ynimga bog'lab, (x2)
Bir quchoq gul kabi quchoqlab,
Seni olib ketgali keldim.
Hey malikam, shahzoda o'zim,
Sensiz holi aftoda o'zim.
Sendek ko'ngli ozoda o'zim,
Seni olib ketgali keldim. {x2}
Kun ko'rdimmu yorug' olamda?
Har soniya yaraldi g'amdan. (x2)
Bu yerlardan o'zimni hamda
Seni olib ketgali keldim. (x2)
Seni olib ketgali keldim…