Hamdard dilingizdan ne o'tdi, sezdim,
Mehr istab men ham dunyoni kezdim. (x2)
Mehnatdan bezmadim, minnatdan bezdim,
Mendek g'aribni ham ko'rolmaslar bor. (x2)
Omadi kulmagan mushtdek bolaman,
Biroq man don tegmas qushdek bolaman.
Odamman, odamga hayron qolaman,
Mendek g'aribni ham ko'rolmaslar bor.
Yig'lamay yig'ladim, kulgan joyim yo'q,
Do'stdan o'zgasidan kuygan joyim yo'q. (x2)
Arpasin xom o'rib qo'ygan joyim yo'q,
Mendek g'aribni ham ko'rolmaslar bor. (x2)
Omadi kulmagan mushtdek bolaman,
Biroq man don tegmas qushdek bolaman.
Odamman, odamga hayron qolaman,
Mendek g'aribni ham ko'rolmaslar bor.