Yeganin osh demang yolg'iz ayolning,
Shayton tovog'iga qo'lin soladi. (x2)
Dasturxon boshida dadasin qo'msab,
Yo o'g'li yo qizi yig'lab qoladi. (x2)
Yurganin yo'l demang yolg'iz ayolning,
Kiftiga malomat botib boradi. (x2)
Qo'sha jon qiynalib, tortolmay turgan
Aravani yolg'iz o'zi tortib boradi. (x2)
Tunlarin tinch demang yolg'iz ayolning,
Yo'qotgan uyqusin izlab qoladi.
Alahlab, dadasin chaqirsa qizi,
Alamdan yostiqni tishlab oladi.
U ayolda, demang, axir uning ham
O'z idroki bordir, yugurik qoni.
Til tekkiza ko'rmang uning sha’niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.
Til tekkiza ko'rmang uning sha’niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.
Yeganin osh demang yolg'iz ayolning,
Shayton tovog'iga qo'lin soladi.
Dasturxon boshida dadasin qo'msab,
Yo o'g'li yo qizi yig'lab qoladi. {x3}
Yig'lab qoladi, yig'lab qoladi…