Men senga dil berib, yonaman tanho,
Eslab ham qo'ymaysan meni sen goho. (x2)
Unutma so'zlarimni, ohlarim, bo'zlarimni,
Eslagin ko'zlarimni, seni sog'inar bo'ldim. (x2)
Qalbimga, ey go'zal, bugun ega sen,
Yiroq etding meni, meni nega sen?
Qalbimga, ey go'zal, bugun ega sen,
Yiroq etding meni, meni nega sen?
Ko'nglimning navosi, yolg'iz zori bo'l,
Qalbimning davosi, aziz yori bo'l. (x2)
Unutma so'zlarimni, ohlarim, bo'zlarimni,
Eslagin so'zlarimni, seni sog'inar bo'ldim.
Unutma ko'zlarimni, ohlarim, bo'zlarimni,
Eslagin ko'zlarimni, seni sog'inar bo'ldim.
Qalbimga, ey go'zal, bugun ega sen,
Yiroq etding meni, meni nega sen?
Qalbimga, ey go'zal, bugun ega sen,
Yiroq etding meni, meni nega sen? (x1+x2)